
Ben-Arfa "Fenerbaxche"ga o‘tadigan bo‘ldi
Frantsiyalik yarim himoyachi Xotam Ben-Arfa faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishga yaqin turibdi.
Sabah nashrining xabar berishicha 32 yoshli futbolchi tez orada “Fenerbaxche” a’zosiga aylanadi. U ertaga yangi jamoasi bilan shartnoma imzolash uchun Istanbulga etib keladi.
Ma’lumot uchun, Ben-Arfa o‘tgan mavsumni “Renn” safida o‘tkazgan va Frantsiya chempionatining 26 ta uchrashuvida maydonga tushib, o‘z hisobiga 7ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar