Ronaldу bo‘ldi, futbolni tugat!
Shvetsiyalik sobiq futbolchi Anders Limpar Krishtianu Ronalduga karerasini yakunlashni maslahat berdi.
- Men Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu kabi oʻyinchilarga qoyil qolaman.
Lekin Ronaldu jahon chempionatidan keyin faoliyatini tugatishi kerak. 41 yoshda MLSda yangi bosqich boshlashning nimaga kerak?
Bu oson liga emas. Ronaldu, mening senga maslahatim: 1000 ta gol urib, keyin karerangni tugat, - dedi Andres Limpar.
Krishtianu Ronaldu professional faoliyati davomida urgan gollari sonini 968 taga yetkazgan va bu koʻrsatkich bilan yaqqol rekordchi boʻlib turibdi.
Futbol jamoatchiligi portugaliyalik yulduzning gol urish boʻyicha minglik marrani zabt etishini kutmoqda.
Fikrlar