Benites "Everton"ni boshqarishni istamadi
"Nyukasl" klubi bosh murabbiyi Rafael Benites "Everton" jamoasidan bo‘lgan taklifga rad javobini bergani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda The Sun nashri o‘zining eksklyuziv maqolasida to‘xtalib o‘tdi.
Ta’kidlash lozimki, o‘tgan mavsumni ancha yaxshi o‘tkazgan “irischilar” joriy mavsumning o‘tgan 8ta turida bor yo‘g‘i 8 ochko to‘plashga erishishdi va shunga mos ravishda jadvalning 16-pog‘onasida borishmoqda.
O‘z navbatida Benites “Nyukasl” futbolchilaridan OAVlarda tarqalayotgan turli xil xabarlarga e’tibor qaratmasliklarini so‘ragan.



Fikrlar