Bentuning Jahon chempionatidagi statistikasi qanday?

  • 27 avgust, 00:38
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishi kutilayotgan portugaliyalik murabbiy Paulu Bentu bundan oldin ikki marta Jahon chempionatida ishlagan. 2014 yili mutaxassis Portugaliya terma jamoasini Braziliyaga olib borgandi. 

Tecno

Germany v Portugal: Group G - 2014 FIFA World Cup Brazil

Ushbu mundial portugaliyalik muxlislarning hafsalasini pir qilgan. Sababi, 2012 yili jamoa Evro'da yarim finalgacha etib borgandi. Shuday ekan, ko‘pchilik Portugaliyani Jahon chempionatida yaxshi ishtirok etishini kutishgan. Birinchi bahsda Bentu shogirdlari 2:1 hisobida Ganani mag‘lub qildi. Ammo ikkinchi turda jamoa AQSh bilan kutilmaganda durang o‘ynadi. 

Portugal v Ghana: Group G - 2014 FIFA World Cup Brazil

3-turda Portugaliyani Yoaxim Lyov boshqaruvidagi Germaniya kutib turar edi. O‘sha turnir g‘olibi bo‘lgan nemislar 4 ta gol urishadi, Myullerdan xet-trik. Ronaldu va uning do‘stlari esa guruhda 3-o‘rin bilan qolib ketadi. Krishtianuning o‘zi esa golsiz chempionatni tark etadi. 

Oradan yillar o‘tib, Bentu yana Jahon chempionatida ishtirok etdi, bu safar Janubiy Koreya bilan. 2018 yili ishni boshlagan portugal 2022 yili Qatarda bo‘lib o‘tgan mundialga jamoani olib chiqdi. Birinchi turda koreyaliklar Urugvay bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, ikkinchi turda Ganaga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. 

Janubiy Koreya 3-turda Portugaliyani mag‘lub etib, guruhdan chiqishga muvaffaq bo‘ldi. G‘alaba golini esa so‘nggi daqiqalarda Xvang Chxang urib ketgandi. Ammo nimchorak finalda Braziliya Koreyani ayab o‘tirmadi. Tite shogirdlari 4:1 hisobida zafar quchib, chorak finalga yo‘l olishgan. 

Brazil v South Korea: Round of 16 - FIFA World Cup Qatar 2022

Shunday qilib, Bentuning Jahon chempionatidagi umumiy statistikasi: 7 ta o‘yin, 2 ta g‘alaba, 2 ta durang va 3 ta mag‘lubiyat.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!