
Benua Per do‘sti bilan nimchorak finalga chiqdi
Uinston-Seylem shahrida o‘tayotgan "Winston-Salen Open" turnirining ikkinchi bosqichida kutilmagan natijalar qayd etildi.
Mazkur bosqich frantsiyalik tennischilar uchun omadli o‘tdi. Dastlab Benua Per hindistonlik Pradjnesh Gunnesvaranni 6:3, 7:5 hisobida taslim qildi.
Shuningdek, yana bir frantsuz tennischisi Ugo Umber AQSh vakili Born Fratandjeloni 3:6, 6:3, 6:2 hisobida dog‘da qoldirdi.
Fikrlar