
Benzema Saudiya Arabistonida tahdid bo‘lyapti
Benzemaning advokati Xyug Vije Frantsiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen 36 yoshli forvardning terrorchi tashkilotlarga aloqasi borligini aytganidan keyin Saudiya Arabistonida Karimga tahdidlar bo‘layotganini aytdi.
- Vazirning izohlari jiddiy oqibatlarga sabab bo‘ladi. Ichki ishlar vaziri Benzemaning terrorchi tashkilotlarga aloqasi haqida gapirganidan keyin Karim ishlayotgan Saudiya Arabistonida unga tahdidlar bo‘lyapti. U nafrat to‘la maktublarni ola boshladi, - dedi Xyug Vije.
Yaqinda 36 yoshli futbolchining advokatlari Frantsiya ichki ishlar vaziri ustidan sudga ariza kiritgan edi.
Benzema “Real”dagi faoliyatini yakunlaganidan keyin o‘tgan “Al-Ittihod” jamoasiga ko‘chib o‘tdi. Bu jamoa safida tajribali hujumchi jami 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol va beshta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar