Benzemaning o‘rnini "Inter" vakili egalashi mumkin

  • 8 mart, 2023, 14:39
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Real" yozda hujumchi sotib oladi. 

Madridning "Real" klubi 35 yoshli Karim Benzema o‘rniga Italiya chempionati vakilini olib kelmoqchi. Insayder Ekrem Konurning so‘zlariga ko‘ra, "qirollik" klubi"ning maqsadi Argentina terma jamoasi va "Inter" hujumchisi Lautaro Martines hisoblanadi.

Madrid klubi "neradzurrilar" vakillari bilan 25 yoshli forvardning transferi masalasini muhokama qilishdi. Milanliklar Martinesni 80 million evroga sotishga tayyor ekanliklarini aytdi. "Qirollik klubi" Inter" rahbariyatining moliyaviy talablarini qondirishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Lautaro joriy mavsum A Seriyada 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 3 ta samarali uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!