Berdiev: Kuchsiz raqibning o‘zi yo‘q

  • 28.12.2023 15:10
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Ro‘ziqul Berdiev OChL nimchorak final uchun tashlangan qur’adan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“OChL musobaqasining bu bosqichida ishtirok etishning o‘zi katta yutuq. Uchrashuvning Qarshida bo‘lishi muxlislar uchun katta bayram bo‘ladi deb o‘ylayman. Nimchorak finalda ishtirok etayotgan jamoalar orasida birorta ham kuchsiz raqibning o‘zi yo‘q.

“Al-Ayn” jamoasini yaxshi bilamiz. Ular ushbu mavsumda “Paxtakor” jamoasi bilan ikki bor bellashishdi. Bu bizga raqibning imkoniyatlarini chamalab olishga imkon beradi. Biz amirlikar jamoasi bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yingacha yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak bo‘ladi”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!