Bernardu Silva har ehtimolga qarshi “Barsa”dan boshqa variant ham tanlab qo‘ydi
Joriy mavsum oxirida “Manchester Siti”ni tark etadigan Bernardu Silva bir necha klublardan taklif olganiga qaramay, faoliyatini “Barselona”da davom ettirishni istayapti.
Ayni paytda portugaliyalik futbolchi Kataloniya superklubida transfer bo‘yicha aniq qadamlar tashlanishini kutmoqda.
Shu bilan birga boshqa klublar ham hali 31 yoshli pleymeyker bilan hamkorlik o‘rnatish umilini uzmagan. Insayder Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, “Yuventus” Bernardu Silva uchun poygadan chiqqan emas.
Turin klubi unga 2+1 shaklida va raqobatbardosh maoshli shartnoma taklif qilgan.
Manbaning ta’kidlashicha, agar Bernardu Silva “Barselona” bilan kelisha olmagan taqdirda “Yuventus”ga o‘tish variantiga e’tibor qarataди.

Fikrlar