Beshkurashchilarimiz qit’a chempionatida 4 ta medal qo‘lga kiritishdi
12-16 may kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida zamonaviy beshkurash boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari 1 ta oltin va 3 ta kumush medalga sazovor boʻlishdi.
Oltin medal:
Mehriniso Qahramonova (U-17, yakkalik)
Kumush medal:
Samira Abzalova (U-19, yakkalik)
Muhammadamin Sultonbekov / Mehriniso Qahramonova (U-17, mikst)
Mehriniso Qahramonova, Sabina Yoʻldosheva, Muzayyana Muratalieva (U-17, jamoaviy)
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar