Beshta klubdan taklif olgan “Barsa” yulduzi nega ishsiz yuribdi?

  • 1 avgust, 2024, 14:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning eng tajribali o‘yinchilaridan Serxi Roberto bir oy muqaddam erkin agentga aylandi.

32 yoshli futbolchi ishsiz qolmasligi aniq. Unga “Jirona”, “Sevilya”, “Aston Villa”, “Vest Xem” va “Ayaks” o‘z tarkibidan joy berishga tayyor.

Biroq ispaniyalik himoyachi chorlovlarga javob berishga shoshilmayapti. Chunki “Barselona”da  o‘zi tarbiyalagan o‘yinchiga yangi shartnoma berish ehtimoli bor.

Buning uchun kataloniyaliklar avval barcha yangi transferlarni amalga oshirib, o‘yinchilarni La Liga qaydnomasidan o‘tkazib olishi kerak. Agar o‘shanda klub byudjetida ortiqcha mablag‘ qolsa, Serxi Robertoga yangi bitim beriladi.

Agar Kataloniya klubi rahbariyati jamoaning sobiq sardori bilan hamkorlikni davom ettirmasa, o‘yinchining agentlari unga boshqa ish topishiga to‘g‘ri keladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!