Betu: "Men qahramon emasman, ammo "Everton"da o‘ynash — orzu"

  • 22.03.2026 01:17
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Betu Gomesh "Everton"ning "Chelsi" ustidan 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ushbu bahsda forvard o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

"Men o‘zimni qahramon deb hisoblamayman, ammo men uydaman! "Everton"da o‘ynash — bu ajoyib hissiyot. Sen shunchaki barcha kuchingni berging keladi: gollar, uzatmalar va yaxshi o‘yin orqali jamoaga yordam berishni istaysan. Men juda baxtliman.

Mehmonxonadan chiqqanimizdanoq muxlislarimizning ovozini eshitdik. Ular bizga g‘alaba kerakligini bilardi. Biz ajoyib o‘yin ko‘rsatdik — 3 ta gol, quruq o‘yin va barchamiz baxtlimiz", — dedi Betu.

Ushbu g‘alabadan so‘ng "Everton" 46 ochko bilan 7-o‘ringa ko‘tarildi. "Chelsi" esa 48 ochko bilan bir pog‘ona yuqorida joylashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!