Beyl: Asosiy tarkibga qaytishim oson bo‘lmasligini bilaman
Madridning “Real” klubi hujumkor yarim himoyachisi Garet Beyl yangi mavsumda o‘zining asosiy tarkibdagi o‘rnini qaytarib olishi oson kechmasligini tan oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra “qirollik klubi”da ayni damda raqobat o‘ta kuchli.
“Real”ning asosiy tarkibiga qaytishim oson bo‘lmasligini bilaman. Lekin, shunga qaramasdan bu jamoada o‘ynab kelyapman. Shuni aytmoqchimanki, men hech qachon “Real”dan ketish haqida o‘ylamaganman”, - deydi uelslik futbolchi nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Beyl o‘tgan mavsumning juda ko‘p qismini jarohati sabab o‘tkazib yuborgan edi. U yakunlangan mavsum Ispaniya La Ligasining jami 19ta uchrashuvida ishtirok etib, o‘z hisobiga 7ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.



Fikrlar