
Bilasizmi, "Buxoro" Bekobodda oxirgi 3 o‘yindan beri gol urishni uddalay olmayapti
“Buxoro” jamoasi Coca-Cola Superliganing 22-turida safarda Bekobodning «Metallurg» klubiga qarshi maydonga tushadi.
O‘zaro o‘yinlar tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, kichik ustunlik bekobodliklar foydasida. Ushbu jamoalar umumiy hisobda 47 marotoba to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning 21 tasi «Metallurg» foydasiga hal bo‘lgan, 19 uchrashuvda esa “Buxoro” g‘alaba qozongan. 7 bahsda esa tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati raqiblarimiz foydasiga - 63:60.
Hozirda faoliyat olib borayotgan Izzatillo Po‘latov, Jasur Xolto‘raev, Asilbek Qayumov, Farrux Ibrohimov, Abbos Otaxonov, - Aleksandr Lobanov, Bexruz Shodmonov, Ergash Ismoilov kabi futbolchilar turli yillarda har ikkala klub sharafini himoya qilishgan
Bekobodda o‘tgan so‘nggi 5 ta uchrashuvda quyidagi natijalar qayd etilgan:
23.10.20 Metallurg 0:0 Buxoro
29.03.19 Metallurg 2:0 Buxoro
30.11.18 Metallurg 1:0 Buxoro
29.04.17 Metallurg 1:2 Buxoro
24.09.16 Metallurg 1:2 Buxoro
“Buxoro” matbuot xizmati.
Fikrlar