Bilasizmi? O‘zbekiston kubogi finali ilk bor "Lokomotiv" stadionida o‘tkaziladi
Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston kubogi finali o‘tkaziladi. Unda "Paxtakor" va AGMK o‘zaro kuch sinashadi. Ushbu bellashuv Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin 17:00da boshlanadi.
1992 yili yo‘lga qo‘yilgan ushbu musobaqa finali hali "Lokomotiv" stadionida o‘tkazilmagan. Ya’ni ushbu final birinchi marta "Loko" arenasida bo‘lib o‘tadi.
Shu paytga qadar kubok finallarini 18 marta "Paxtakor" o‘yingohi qabul qilgan. Samarqanddagi "Dinamo" va poytaxtdagi "MHSK" stadionlari 2 martadan, Olmaliqdagi "Olmaliq", Jizzaxdagi "So‘g‘diyona", Toshkentdagi "Bunyodkor" va Farg‘onadagi "Istiqlol" stadionlarida bir martada final bahslari o‘tkazilgan.

Fikrlar