
Bir “bo‘ri”ga to‘rtta grand xaridor
Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Joao Gomes faoliyatini Angliyaning grand klublarida davom ettirishi mumkin.
“Vulverxempton”da o‘ynayotgan futbolchini “Manchester Yunayted”, “Liverpul”, “Arsenal” va “Tottenxem” o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.
“Bo‘rilar” o‘z futbolchisi bilan xayrlashishga shoshilayotgani yo‘q. Ular yaxshi taklif bo‘lsagina Gomesni qo‘yib yuborishi mumkin.
Transfermarkt portali 23 yoshli futbolchini 35 million evroga baholagan.
Joao Gomesning “Vulverxempton” bilan imzolagan shartnomasi 2028 yilning yozigacha davom etadi. Shu bois, xaridorlar uni faqatgina talab qilingan miqdordagi badal pulini to‘lash orqali qo‘lga kiritishi mumkin.
Tayanch hududda o‘ynaydigan Gomes “Flamengo” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Bo‘rilar” uni o‘tgan mavsum 18,7 million evroga transfer qilgan edi. Iste’dodli o‘yinchi debyut mavsumidayoq grand klublar e’tiborini qozondi.
Fikrlar