Bir o‘yinda ikkita jarohat

  • 06.05.2024 20:56
  • Suhrob Xolbekov
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Neftchi" Superliganing 6-turida "Qizilqum"ga qarshi o‘ynab, durang natija qayd etdi. O‘yinda esa jamoaning ikkita futbolchisi jarohat oldi. 

Dastlab, 65-daqiqada Shohruz Norxonovga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi va hujumchi maydonga yiqildi. Shu bilan birga, majburiy o‘zgartishga qo‘l urildi. 

Ushbu mavsum Superligada debyut golini urgan Norxonov birinchi marta asosiy tarkibga kiritilgandi. Aynan o‘sha payti o‘yinga qo‘shilgan G‘ulomxaydar Gulyamov esa 89-daqiqada o‘zgartirilishini o‘zi so‘radi. 

"Neftchi" bu turdan keyin turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. Jamoa peshqadam sifatida uyga qaytishi mumkin edi, lekin Shahboz Jo‘rabekovning so‘nggi daqiqalarda urgan goli farg‘onaliklarni ochko yo‘qotishiga sabab bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Сафаров Кахрамонжон
06/05/2024 21:04
Нима демокчисан сарлавханг буйича нима маъно ва мантик бор томинг жойидами 1-1 булганини хамма билди ва курдику
&
Dili
07/05/2024 08:39
Илтимос СПОРТ шархловчиси кеча нефтчи уйини шархлади Илтимос бошка иш топсин узига кулинарный келгадиган иш кисин ИЛТИМОС