
Birgina Yasmina ishonchni oqlamoqda
Toshkent shahrida tennis bo‘yicha o‘smirlar va qizlar o‘rtasida davom etayotgan xalqaro turnirda ishtirok etgan hamyurtlarimiz orasida faqatgina Yasmina Karimjonova musobaqani davom ettiradigan bo‘ldi.
Dastlabki ikki bosqich yakunlariga ko‘ra, yakkalik bahslarida qatnashgan 10 nafarga yaqin tennischilarimizdan faqatgina Yasmina ketma-ket ikkita uchrashuvda zafar quchdi.
Birinchi davrada rossiyalik Aysha Kukushkinani mag‘lub etgan hamyurtimiz keyingi bahsda qozog‘istonlik Danel Ashirovadan 6:1, 6:2 hisobida ustun keldi.
Yasmina yarim finalga chiqish uchun ukrainalik Darya Snigur bilan raqobatlashadi.
Fikrlar