Bivol Zinadga qarshi jang haqida: Uning mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘yishni xohlayman

  • 28 may, 2024, 17:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Rossiyalik engilmas bokschi, yarim og‘ir vaznda WBA yo‘nalishida jahon chempioni Dmitriy Bivol liviyalik Malik Zinadga qarshi bo‘lajak jang haqida gapirdi. Ikki engilmas bokschilar o‘rtasidagi ushbu qarama-qarshilik 1 iyunga belgilangan.

Tecno

“U hech qachon mag‘lubiyatga uchramagani haqiqatmi? Buni bilish meni hayajonlantirmoqda. Men uning mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘yishni xohlayman. Men shunchaki uni mag‘lub etishim kerak. Men qo‘limdan kelgan hamma narsani ko‘rsatishim kerak”, - dedi Bivol Title Sports Network YouTube kanaliga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Bivol dastlab hamyurti Artur Beterbiev bilan jang o‘tkazishi kerak edi. Ularning jangi ham 1 iyunga belgilangan edi, biroq Beterbiev jarohatidan so‘ng ushbu jangni noma’lum muddatga qoldirishga to‘g‘ri keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!