"Biz borimizni berdik": Skaloni JCH-2026 finalida Argentina terma jamoasining mag'lubiyatiga munosabat bildirdi

  • 20.07.2026 04:09
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon chempionati finalida Ispaniyaga mag‘lub bo‘lganiidan so‘ng Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni o‘z fikrlarini bildirdi.

«Hozir juda qayg‘uliman... Lekin eng avvalo shu yigitlarga abadiy minnatdorchiligimni aytaman. Shu bosqichgacha yetib kelish uchun ulkan mehnat, katta kuch talab etiladi. Biz g‘alabada qanday buyuk bo‘lsak, mag‘lubiyatni ham shu darajada mardona qabul qilishimiz kerak. Erishilgan natijalarni unutmaymiz. Biz maydonda borimizni berdik», — deya Skalonining so‘zlarini ijtimoiy tarmoqdagi Instant Foot sahifasi keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina finalda qo‘shimcha daqiqalarda mag‘lub bo‘ldi. Yakuniy hisobni 106-daqiqada Ferran Torres urgan yagona gol hal qildi. Qolaversa, ekstra-taym davomida argentinaliklar bir futbolchi kam tarkibda o‘ynashga majbur bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!