Bizda O‘runovdan yaxshiroq o‘ynay oladigan ajoyib o‘yinchilar ham bor!

  • 17.12.2025 13:33
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Ertaga Eron kubogi 1/8 finali doirasida "Traktor" va "Persepolis" bahsi bo‘lib o‘tadi. 

Bugun bellashuvdan oldin ikkala jamoa murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Tabriz klubi ustozi Dragan Skoshichga Oston O‘runov haqida savol berildi.

"Persepolis" jamoasida bosh murabbiy almashdi va bundan tashqari raqibingiz safida Oston O‘runov darajasidagi futbolchi bor. Uni qanday qilib to‘xtatmoqchisiz?

"Raqib o‘yinchilari ancha barqaror va formada bo‘lib turibdi. Zaxirasida ham katta nomlarni ko‘rish mumkin.

Bizda O‘runovdan yaxshiroq o‘ynay oladigan ajoyib o‘yinchilar ham bor. Ha, O‘runov juda yaxshi o‘yinchi va men uni hurmat qilaman, lekin bizda ko‘plab sifatli o‘yinchilar ham bor", - dedi xorvatiyalik murabbiy.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!