Bizga Messi kerakmas!
PSJ rahbariyati “Barselona” bilan shartnomasi yakunlanayotgan Lionel Messiga asosiy da’vogarlardan biri edi. Biroq, parijliklar jamoani kuchaytirishning boshqa yo‘lini topdi va argentinalik hujumchini olish fikridan qaytdi.
Parij klubi xo‘jayinlari Messiga taklif qilinishi rejalashtirilgan mablag‘ni Kilian Mbappeni saqlab qolishga yo‘naltiradigan bo‘ldi.
Bu borada ular har ikki futbolchiga ham katta mablag‘ sarflanishi, lekin Lionel Messining eng yuksak davri o‘tib bo‘lgani, 22 yoshli Kilian Mbappening hali cho‘qqiga ko‘tarilish imkoniga ega ekanini inobatga oldi.
Kilian Mbappening klub bilan kelishuvi kelasi yili yozda yakunlanadi. PSJ yosh hujumchining maosh borasidagi talablarini qondirishga tayyor. Mbappega xaridor bo‘layotgan boshqa klublar moliyaviy jihatdan PSJ bilan tenglasha olmaydi.
Bu vaziyatni ko‘p narsa Mbappening o‘zi qanday qarorga ketilishiga bog‘liq. Agar u tez orada yangi bitim imzolamasa, yozgi transferlar vaqtida sotib yuboriladi.
Fikrlar