Bobir Abdixoliqov: "Rux" – men uchun tramplin. Evropaning yaxshi chempionatlarida o‘ynamoqchiman. Pul birinchi o‘rinda emas

  • 21 fevral, 2021, 12:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ukrainaning "Rux" jamoasi safiga erkin agent maqomida borib qo‘shilgan Bobir Abdixoliqov klub matbuot xizmatiga birinchi intervyusini berdi. O‘zbekistonlik hujumchi a’zosi nima uchun ushbu jamoani tanlaganiga izoh berib o‘tdi.

Tecno

“Rux” a’zosiga aylanganimdan juda ham xursandman. Jamoaga ko‘proq gollar urish va sifatli o‘yin qurish borasida yordamlashishni xohlayman. Birinchi mashg‘ulotni sabrsizlik bilan kutyapman. Hozir ajoyib his-tuyg‘ularni boshdan kechiryapman. Menda boshqa klublardan ham qulayroq shartlar asosidagi takliflar bor edi, ammo pul men uchun asosiy maqsad emas. Men futbolchi sifatida o‘sishni va Evropaning yaxshi chempionatlaridan birida o‘ynashni istayman. “Rux” men uchun tramplin vazifasini o‘taydi. UPLda  “Shaxtyor” va “Dinamo” singari klublarning o‘ynashi chempionatning yuqori saviyasidan dalolat beradi. 

Avval “16” raqam ostida Maksim Shatskix to‘p tepgan. Shu tufayli ushbu raqamni tanladim. Maksim – o‘zbek va ukrain futbolining afsonasi. Men uning o‘yinlaridan qoyil qolganman.  U “Rux” tarkibida faoliyat olib borganidan ham xabardorman. 

Dastlab, moslashish jarayonidan o‘tib olishim kerak.  Keyingi qadam esa ko‘proq gol urib, jamoaning muvaffaqiyatlariga hissa qo‘shish bo‘ladi. Men “Shaxtyor”ga qarshi o‘ynashni istayman, ular kuchli jamoa. Debyut o‘yinimni intiqib kutyapman. Bosh murabbiy avvalo jismoniy tayyorgarligimni tekshirib, keyin o‘yinga chiqish-chiqmasligim haqida yakuniy qarorini aytar ekan”, -dedi Bobir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!