Boks bo‘yicha Jahon kubogi bahslari boshqa muddatga qoldirildi

  • 27 yanvar, 2021, 11:06
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boks bo‘yicha Jahon kubogi bahslari AIBA direktorlar kengashi tomonidan 2022 yilga qoldirildi. Bunga qayta xuruj olayotgan COVID-19 virusi keltirib chiqargan pandemiya sabab bo‘lmoqda. Tashkilotning axborot berishicha, kelgusi yilda ushbu musobaqaning final bosqichiga Moskva mezbonlik qiladi. 

"Biz pandemiya vaziyatiga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqdamiz va shifokorlar bilan doimiy aloqadamiz. Hozirgi holat bo‘yicha to‘liq optimistik kayfiyatda ekanligimizga qaramay, Men va AIBA direktorlar kengashi Jahon kubogi bahslarini kechiktirishni afzal ko‘rmoqda. Bu butunjahon boks oilasining xavfsizligini ta’minlash maqsadida qilinyapti", - dedi AIBA prezidenti Umar Kremlev. 

Shuningdek, kengash 2021-2023 yilda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan musobaqalar taqvimini ham muhokamaga qo‘ydi. Yoshlar (o‘g‘il va qiz bolalar) o‘rtasidagi jahon chempionati Polshada o‘tishi ma’lum bo‘lsa, erkaklar va ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati manzili haqida tez orada axborot beriladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!