
Boks bo‘yicha JCh. Shahobiddin Zoirov chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
-52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Shahobiddin Zoirov 1/8 final bosqichi doirasida qirg‘izistonlik Azat Usenalievga qarshi ringga ko‘tarildi. Mazkur jang hakamlar qaroriga ko‘ra, hamyurtimizning g‘alabasi bilan yakunlandi.
26 yoshli bokschimiz chorak finalda bolgariyalik Daniel Asenovga qarshi jang qiladi. Mazkur qarama-qarshilik ertaga bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar