Boks. Jahon chempionatida ilk finalchilarimiz ma’lum bo‘ldi

  • 20 aprel, 2021, 20:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bugun boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati yarim final janglari bo‘lib o‘tmoqda. Biroz vaqt oldin, kunduzgi dastur doirasidagi bahslar o‘z nihoyasiga etdi. 

-57 kg vaznli bokschimiz Sitora Turdibekova o‘shbu bosqichda hindistonlik raqibasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va bronza medali bilan cheklanadigan bo‘ldi.

-54 kg vaznli bokschimiz Nigina O‘ktamova rossiyalik bokschiga qarshi jang qildi va 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi!

-60 kg vaznli bokschimiz Dilfuza Bekova qozog‘istonlik bokschiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va bronza medali bilan O‘zbekistonga qaytadigan bo‘ldi.

-64 kg vaznli bokschimiz Mohinabonu Abdullaeva latviyalik raqibasiga qarshi jangda 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi!

 -75 kg vaznli bokschimiz Sohiba Ro‘zmetova qozog‘istonlik charim qo‘lqop ustasiga qarshi jang qilib, imkoniyatni boy berdi. Bu orqali Sohiba terma jamoamizga to‘rtinchi bronza medalini taqdim etdi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!