
Boks. "Katta o‘zbek"ning katta natijalari!
Xabaringiz bor, Parij-2024 Olimpiadasidan so‘ng charm qo‘lqop ustamiz Bahodir Jalolov havaskor boksdagi faoliyatini yakunladi. 2012 yildan buyon chempionimiz 12 yil davomida terma jamoamiz tarkibida katta musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Quyida "Katta o‘zbek" ning havaskor boksdagi barcha sovrinlari bilan tanishishingiz mumkin:
2015 yil - Qirg‘izistonning Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan “D.Shapakov” xotirasiga bag‘ishlangan turnir g‘olibi;
2015 yil - Germaniyaning Galle shahrida bo‘lib o‘tgan “Chemistri kubogi” g‘olibi;
2015 yil - Ozarboyjonning Boku shahrida o‘tkazilgan “Buyuk Ipak yo'li” turniri g‘olibi;
2015 yil - Belarussiya Respublikasining Minsk shahrida tashkil etilgan xalqaro turnir g‘olibi;
2015 yil - Bolgariyaning Sofiya shahrida “Strandja kubogi” xalqaro turnirida kumush medal;
2015 yil - Germaniyada o‘tkazilgan xalqaro turnirida oltin medalni ko‘lga kiritgan;
2015 yil - Qatarning Doxa shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida bronza medal sohibi;
2017 yil - Toshkentda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida oltin medal sohibi;
2017 yil - Kozog‘istonning Aktau shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirda oltin medal sohibi;
2018 yil - Xindistonda bo‘lib o‘tgan “Indiya Open” xalqaro turnir g‘olibi;
2018 yil - Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro turnir g‘olibi;
2019 yil - Tailandning Bangkok shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati g‘olibi;
2019 yil - Rossiyaning Ekaterinburg shahrida o‘tkazilgan jahon chempionati g‘olibi;
2020 yil - Iordaniyada o‘tkazilgan Osiyo-Okeaniya musobaqasida Tokio Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi;
2021 yil - Bolgariya, Rossiya davlatlarida o‘tkazilgan “Strandja”, “Gubernator kubogi” xalqaro turnirlarida oltin medal sohibi;
2021 yil - Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilgan kattalar va ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 1 o‘rinni qo‘lga kiritgan;
2021 yil - Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan;
2023 yil - Bolgariya davlati Sofiya shahrida o‘tkazilgan “Strandja” xalqaro turniririda 1 o‘rinni qo‘lga kiritgan;
2023 yil - Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlari g‘olibi va Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari litsenziati;
2023 yil - Toshkent shahrida erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionati g‘olibi;
2024 - yil Rossiyaning Xabarovsk shahrida “Konstantin Korotkov” xalqaro turniri g‘olibi.
2024 yil - Rossiyaning Kazan shahrida o‘tkazilgan "BRICS" o‘yinlari g‘olibi.
2024 yil - Frantsiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiada o‘yinlari g‘olibi;
Jalolov bir nechta Davlat mukofotlari bilan ham taqdirlangan:
2018 yil - “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti.
2019 yil - “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvon.
2023 yil - “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi”faxriy unvoni.
2024 yil - “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov 6 fevral kuni professional bokasda navbatdagi jangini o‘tkazadi. Hamyurtmizga frantsiyalik Devid Spilmont raqiblik qilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston boks federatsiyasidan.
Fikrlar