Boks. Osiyo chempionatida o‘smirlar o‘rtasida final janglari yakunlandi, Hindiston va Qozog‘iston ortda qoldirildi

  • 13 mart, 2022, 22:30
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO

Iordaniya poytaxti Amman shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘smirlar o‘rtasida final janglari o‘z nihoyasiga etdi. Musobaqada yakuniga ko‘ra, o‘smirlar o‘rtasida hamyurtimiz 11 oltin, 6 ta kumush, 6 ta bronza bilan jami 23 medalga ega chiqdi va umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Keyingi pog‘onalar Hindiston va Qozog‘iston bokschilariga nasib etdi. 

Barcha g‘olib va sovrindorlar bilan tanishing:

O‘g‘il bolalar

Oltin medal:

-48 kg: Ilhomjon Ergashev

-50 kg: Samandar Olimov

-70 kg: Jafarbek Shahbozov

-75 kg: Temurbek Abduvohidov

-80 kg: Rahmonjon Qodirov

+ 80 kg: Ozodbek Aliev

Kumush medal:

-52 kg: Sunnatilla O‘ktamaliev

-54 kg: Mironshoh Norqosimov

-57 kg: Farruh To‘laganov

-60 kg: Mirzakamron Yunusov

-63 kg: Hojiakbar Qudratov

Bronza medal:

-66 kg: Sardor Dilolov

 

Qizlar

Oltin medal:

-46 kg: Jasmin Tohirova

-48 kg: Zilolaxon Yusupova

-54 kg: Uzukjamol Yunusova

-70 kg: Oysha Toirova

+80 kg: Sobiraxon Shahobiddinova

Kumush medal:

-52 kg: Rahima Bekniyazova

Bronza medal: 

-50 kg: Hilolaxon Mashrabova

-63 kg: Ruhshona Shakarova

-66 kg: Farida Zaripova

-75 kg: Sanobar Bozorboeva

-80 kg: Ruhshona Parpieva

Eslatib o‘tamiz, ertaga yoshlar o‘rtasida final janglari bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
14/03/2022 11:10
Ёшлар ва усмирлар учун 51 олтин + кумуш медаллар учун финалга
Узбекистон 35,
Хиндистон 26, Козокистон 27,
Киргизстон, Иордания - 4; Точикистон, Тайланд - 2; Филипин, Эрон - 1
боксчи чикди.
Baxil Alihuja
14/03/2022 10:55
Узбекистон 11 олтин, 6 кумуш, 6 бронза
Хиндистон 8 олтин, 7 кумуш, 9 бронза
Козокистон 6 олтин, 7 кумуш, 9 бронза
Бошка давлатларда олтин булмаса керак, Эрон ва Иорданияда кумуш ва бронза медаллар бор.