Boks. O‘zbekistonlik Ruslan Abdullaev jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi

  • 2 may, 2023, 14:21
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentdagi boks bo‘yicha jahon chempionati davom etadi. Ikkinchi may sanasida 3 nafar hamyurtimiz ringga chiqadi.

Tecno

Bellashuvlar soat 13:00dan boshlab start oladi. Dastlab -63,5 kg vazn toifasida Ruslan Abdullaev Puerto-Riko vakili Manuel Febusga qarshi ringga chiqadi. Jang taxminan 13:55dan so‘ng boshlanadi. 

-86 kg vazn toifasidagi Shohjahon Abdullaev Qirg‘iz Respublikasidan kelgan Adilbek Uulu bilan bellashadi. Jang tahminan 15:40dan so‘ng start oladi.

-80 kglilar bahsida Jasurbek Yo‘ldoshevga jazoirlik Younus Nemouchi raqiblik qiladi. Jang tahminan 21:00dan so‘ng boshlanadi.

--------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------

Ruslan Abdullaev va Manuel Febus ringga chiqib kelmoqda. Hamyurtimiz ko‘k libosda, uning raqibi esa qizil formada harakat qiladi.

Birinchi raund boshlandi.

Hamyurtimiz ilk soniyalarda raqibining qorin qismiga ketma-ket zarbalar yo‘lladi. Manuel Febus ham jeb zarbalarini bermoqda. Ruslan Abdullaev ringda raqibini ta’qib qilmoqda. Ikkilik zarbalarini berdi. Febus himoyalanishga o‘tdi. Bokschilar klinchga kirdi. Vakilimiz uchlik zarbalarini o‘tkaza oldi.

Birinchi raund yakunlandi. Hakamlar 0:5 hisobida Ruslanning ustunligini qayd etishdi.

photo_2023-05-02_12-17-13

Ikkinchi raund boshlandi.

Hamyurtimiz ancha kuchli zarbalar bermoqda. Ammo uning raqibi Ruslanning zarbalariga turib bera olmoqda, hozircha, albatta. Nihoyat Manuel Febus muvozanatni yo‘qotmoqda. Yana ikkilik va uchlik zarbalari yo‘llandi Ruslan tomonidan. Klinch holati. Hisob ochildi... Bokschi jangni davom ettirishini bildirdi. Jang davom etmoqda. Ikkinchi raund oxirida ikki bokschining zarbalari havoga uchdi...

Ikkinchi raund yakunlandi. Hakamlar yana 0:5 hisobida Ruslanning ustunligini qayd etishdi.

Uchinchi raund boshlandi.

Ruslan Abdullaev zarbalar bermoqda. Ikkilik zarbalari ancha kuchli chiqmoqda. Klinch. Klinchda ham vakilimiz zarbalarini o‘tkaza olmoqda. Ko‘rinishidan Ruslanning raqibi jang tezroq tugashiga qarshi emas. Hamyurtimizning jismoniy holati ancha yaxshi ekani ko‘rinmoqda. Jeb zarbalar yo‘llanmoqda ikki bokschi tomonidan. Ustunlik Ruslan tomonida. Raund oxirida Febus biroz jonlandi. Ammo kech bo‘lgandi...

Uchinchi raund yakunlandi. Hakamlar yana 0:5 hisobida Ruslanning ustunligini qayd etishdi. Yakuniy hisob 0:5. Ruslan Abdullaev g‘alaba qozondi. 

photo_2023-05-02_12-33-42

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!