
Boks. Tayson Fyurining bu safar ham "ketmoni uchmadi"
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o‘tkazilgan katta boks oqshomi o‘z nihoyasiga etdi.
Kechaning asosiy to‘qnashuvida ringga ko‘tarilgan Aleksandr Usik va Tayson Fyuri muxlislarga qiziqarli jangni taqdim etdi. To‘liq 12 raund davom etgan bahsda Usik 116-112, 116-112, 116-112 hisobida g‘alaba qozonib, kamalarni o‘zida saqlab qoldi. Shunday qilib, Fyuri revansh jangda ham qasos ololmadi.
Ma’lumot uchun, ukrainalik bokschining g‘alabali seriyasi 23 taga etdi.
Fikrlar