
Boks. Xumorabonu Mamajonova turkiyalik raqibidan ustun keldi
Xabaringiz bor, Polshaning Varshava shahri "World Boxing" tashkiloti kubogi bahslarining ikkinchi bosqichiga mezbonlik qilmoqda.
-57 kg da ringga ko‘tarilgan vakilamiz Xumorabonu Mamajonova turkiyalik Esra Yildiz bilan yarim finalda jang qildi. To‘liq 3 raund davom etgan bahsda Xumorabonu hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozonib, terma jamoamizga oltinchi final yo‘llanmasini taqdim etdi.
Ma’lumot uchun, bizni oldinda yana bir bokschimiz Samandar Olimov italiyalik Mikele Baldassi qarama-qarshili kutmoqda.
Fikrlar