Bokschilarimiz g‘oliblik uchun kurashadi
Bugun Latviyaning Riga shahrida boks bo‘yicha "Riga Open - 2016" xalqaro turniri boshlandi. 12 dekabrga qadar davom etadigan nufuzli turnirda dunyoning eng kuchli terma jamoalari qatorida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham g‘oliblik uchun kurashadi.
Rigadagi musobaqada qatnashish uchun O‘zbekiston terma jamoasi besh nafar bokschi jalb etildi. Ular orasida jahon va Osiyo chempionatlari, Olimpiya o‘yinlarida qatnashib katta tajriba to‘plagan yigitlar ham bor.
Musobaqada Sirojiddiy G‘ulomjonov, Abdulhay Shorahmatov, Elnur Abduraimov, Mahmud G‘oipov, Bahodir Jalolov mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.


Fikrlar