Bokschilarimiz Ispaniyada g‘alabali yurishini boshladi!

  • 31 yanvar, 2024, 12:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

Kechadan boshlab, Ispaniyada boks bo‘yicha "Boxam" xalqaro turniri start oldi. Ma’lumki, unda O‘zbekiston terma jamoasi kuchli tarkib bilan ishtirok etmoqda. Dastlabki, kuni 4 nafar vakilimiz ringga ko‘tarildi va unda vakillarimizning barchasi g‘alaba qozondi. 

-63,5 kg Ruslan Abdullaev - Duarte David (Portugaliya) 5:0

-71 kg Havasbek Asadullaev - Cavallaro Salvatore (Italiya) 5:0

-71 kg Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev - Nistreanu Marcel (Ruminiya) 5:0

-80 kg Jasurbek Yo‘ldoshev - Erkin Adylbek Uulu (Qirg‘iziston) 5:0

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!