
Bo‘ldi, endi terma jamoada o‘ynamayman!
Shveytsariyalik mashhur futbolchi Jerdan Shakiri xalqaro faoliyatini yakunlaganini va terma jamoa safida boshqa maydonga tushmasligini e’lon qildi.
- Ettita katta turnir, ko‘plab gollar, 14 yil Shveytsariya jamoasi bilan birga bo‘lish va unutilmas onlar. Terma jamoa bilan xayrlashish vaqti keldi. Men bilan yorqin xotiralar qoladi, hammaga rahmat aytaman, - deb yozdi 32 yoshli futbolchi.
Shakiri Germaniyadagi Evropa chempionatining guruh bosqichi ikkinchi turida Shotlandiya darvozasini ishg‘ol qildi. Bu orqali u Evropa va jahon chempionatlari tarixida kamida beshtadan gol urgan futbolchilar ettiligiga kirdi.
Jerdar “Bazel” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Klublar miqyosidagi faoliyatida “Bavariya”, “Inter”, “Stok Siti”, “Liverpul”, “Lion” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan. 2022 yilning boshidan beri AQShda “Chikago Fayr” safida to‘p tepmoqda.
Shakiri Shveytsariya terma jamoasidagi faoliyati davomida 125 ta uchrashuvda ishtirok etib, 32 ta to‘p kiritgan.
Fikrlar