Bo‘ldi, “Real” Vinisiusni yanvarda sotadi!

  • 23.09.2025 08:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” yanvar oyida ochiladigan qishki transferlar oynasi davrida qimmatbaho o‘yinchisi Vinisius Juniorni sotib yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Bu haqda Ispaniyadagi nufuzli manba Sport.es sayti xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, “Qirollik klubi” rahbariyati braziliyalik yulduz bilan yangi shartnoma tuzish bo‘yicha davom etayotgan muzokaralarning natijasidan qoniqmayapti. Gap shundaki, Vinisius klub xo‘jayinlaridan yangi bitim bo‘yicha maoshi jamoa etakchisi Kilian Mbappenikidan kam bo‘lmayligini talab qilyapti.

“Real” rahbariyati uning talabini qondirmoqchi emas. Ular bu holat klubning ichki muhitiga salbiy ta’sir qilishidan xavotir olyapti.  Qolaversa, “Real” boshqaruv siyosatida futbolchilarning maoshlari o‘rtasida keskin farq bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Vaziyat murakkablashib borayotganini inobatga olgan “Qirollik klubi” mutasaddilari Vinisius Juniorni sotib yuborish variantini ma’qulladi.

Transfermarkt portali madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha davom etadigan futbolchini 170 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!