Bo‘ldi yetar! Top-klub sardori jamoani tark etadi

  • 19.07.2026 16:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premier-ligasida ishtirok etayotgan “Tottenxem” sardori Kristian Romero joriy yozgi transfer oynasida London klubini tark etishi tobora oydinlashib bormoqda.

Talksport nashri ma'lumotiga ko‘ra, Romero allaqachon “Tottenxem” rahbariyatini ushbu transfer oynasida ketish istagi borligi haqida ogohlantirgan.

Yaqinda matbuotda Romero Italiya amaldagi chempioni “Inter” klubi bilan muzokaralar o‘tkazgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi, ammo manbaning ta'kidlashicha, 28 yoshli himoyachining asosiy ustuvor yo‘nalishi Ispaniya La Ligasi hisoblanadi.

Ko‘p oylar davomida Kristian Romero bilan bog‘lab kelinayotgan “Atletiko”dan tashqari, hozir argentinalik futbolchiga “Barselona” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Romero 2021 yilda “Atalanta”dan o‘tganidan buyon “Tottenxem” sharafini himoya qilib kelmoqda. Kristian o‘zini yetakchi va jonkuya futbolchi sifatida ko‘rsatgan bo‘lsa-da, intizom bilan bog‘liq muammolarga ham duch kelgan va ba'zi hollarda klubini ochiq tanqid qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!