
"Borussiya D" Ryuerson bilan shartnomani yangiladi
Dortmundning “Borussiya” klubi himoyachisi Yulian Ryuerson klub bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
26 yoshli norvegiyalik himoyachi "Borussiya" safiga 2023 yilning yanvarida "Union Berlin" klubidan 5 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Joriy mavsumda futbolchi jami sakkizta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Dortmund klubi hozirda Bundesliga turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.
Ryuerson Norvegiya terma jamoasi safida shu kungacha 26 ta o‘yin o‘tkazgan. Transfermarkt portali futbolchini 20 million evroga baholamoqda.
Fikrlar