
"Borussiya D" turkiyalik futbolchini sotib olmoqchi
"Borussiya Dortmund" chap qanot himoyachisi Ferdi Kadiog‘luni sotib olmoqchi. "Sariq-qoralar" jamoani tark etgan Yen Matsen o‘rniga Ferdini munosib nomzod deb hisoblamoqda. Mazkur transfer borasida jamoaning yangi bosh murabbiyi Nuri Shahinning shaxsan o‘zi shug‘ullanmoqda.
24 yoshli himoyachiga APLning bir necha klublari ham qiziqish bildirayotgan edi. Turkiya terma jamoasining asosiy futbolchisi hisoblangan Kadiog‘luning narxi 21 million evroga baholanmoqda. U Gruziyaga qarshi uchrashuvda faol harakatlari bilan ajralib turdi.
Ma’lumot uchun, "Fenerbaxche" himoyachisi joriy mavsumda 44 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol kiritdi va 4 bora sheriklarining goliga assistentlik qildi.
Fikrlar