
Boshlandi! "Barselona" EChLdan bir necha yilga chetlashtirilishi mumkin
Kechagina Evropa sudida g‘olib chiqqan loyiha eagalaridan biri hisoblangan "Barselona" uchun qora kunlar boshlanmoqda.
"Welt" nashri xabar berishicha, kataloniyaliklar moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganligi sababli EChLdan bir necha yilga chetlashtirilishi mumkin, lekin klub bu mavsumni tugatib olish imkoniyatga ega bo‘ladi.
"Barsa" ikki yil deganda endi Chempionlar ligasi guruh bosqichidan chiqa oldi va nimchorak finalda "Napoli"ga to‘qnash keladi.
Eslatib o‘tamiz, UEFA hech qaysi klubga Superliga borasida sanktsiya qo‘llay olmaydi. Ammo hali bitta ham jamoa ushbu turnirda ishtirok etish uchun rasmiy ariza topshirmagan. Hozircha chempionat ishtirokchilari "Barsa" va "Real"dir.
Fikrlar