Boyan Matich "Paxtakor" safida gol urgan xorijlik o‘yinchilar orasida nechanchisi?

  • 7 sentabr, 2021, 21:25
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Serbiyalik hujumchi O‘zbekiston chempionatida “Paxtakor” uchun to‘p kiritgan 24-chet ellik o‘yinchiga aylandi.

Tecno

Endilikda “Paxtakor” safida gol urgan futbolchilar soni 24 nafarga etdi. Ular 13 mamlakat fuqarolari sanaladi. Eng ko‘p to‘p kiritgan xorijlik o‘yinchilar Chernogoriya va Serbiyadan bo‘lib, jami 4 futbolchi ushbu mamlakat vakillari hisoblanadi. Shuningdek, uch nafar Braziliya fuqarolari “Paxtakor” uchun O‘zbekiston chempionatida to‘p kiritishga erishgan.

matich_1

Eng ko‘p gol ayni paytda jamoa sharafini himoya qilayotgan Dragan Cheran hisobiga yozilgan. U 56 ta gol muallifiga aylangan. Ixeruome Uche hisobida 30 gol mavjud. Gochguli Gochguliev, Kaxi Maxaradze va Tiago Bezerra 20 tadan ortiq gol urishgan.

Dragan Cheran (Serbiya) - 56

Ixeruome Uche (Nigeriya) - 30

Gochguli Gochguliev (Turkmaniston) - 26

Kaxi Maxaradze (Gruziya) - 23

Tiago Bezerra (Braziliya) - 21

Ismael Gonsalvesh (Portugaliya) - 16

Boyan Miladinovich (Serbiya) - 13

Eren Derdiyok (Shveytsariya) - 12

Dushan Savich (Makedoniya) - 7

Marko Simich (Chernogoriya) - 7

Aleksandr Kroxmal (Turkmaniston) - 6

Adnan Oraxovats (Chernogoriya) - 6

Darko Markovich (Chernogoriya) - 5

Fabiano Anderson (Braziliya) - 4

Oleg Zenchenkov (Ukraina) - 3

Jora Oganesyan (Armaniston) - 3

Asilbek Momunov (Qirg‘iziston) - 2

Vladislav Lyutiy (Ukraina) - 2

Irakli Klimiashvili (Gruziya) - 2

Fabio Pintu (Braziliya) - 1

Milorad Yanush (Serbiya) - 1

Sanibal Oraxovats (Chernogoriya) - 1

Gidi Kanyuk (Isroil) - 1

Boyan Matich (Serbiya) - 1

"Paxtakor" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!