
Brayan Ortega Topuriyaning navbatdagi raqibi kimligini aytdi
Yarim engil vazn toifasida UFC jangchisi Brayan Ortega ushbu divizion chempioni Iliya Topuriyaning navbatdagi jangi haqidagi insayder ma’lumotlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Liga hozirda Iliya Topuriya va Maks Xollouey o‘rtasidagi jangni tashkil qilish ustida ishlayotganini eshitdim. Men bilganimdek, u allaqachon norasmiy ravishda tasdiqlangan. Nega buni e’lon qilishmayotganiga tushunmayapman ", - deb Ortegadan iqtibos keltiradi Bloody Elbows.
Eslatib o‘tamiz, Topuriya(15-0) o‘zining so‘nggi jangini fevral oyida "UFC 298" doirasida o‘tkazib, Aleksandr Volkanovski(26-4)ni ikkinchi raundda nokautga uchratgan edi.
Fikrlar