"Brayton" bosh murabbiyi Denni Uelbekni holati haqida gapirdi
"Brayton" bosh murabbiyi Fabian Xyurtselar jamoa hujumchisi Denni Uelbekning holati haqida gapirdi.
"Uelbek ba’zida aqlbovar qilmaydigan ishlarni amalga oshiradi. Ammo biz ertaga uning asosiy tarkibda maydonga tushishni aniq ayta olmaymiz. Dannini jarohati hali yaxshi tuzalmagan. U hafta davomida mashg‘ulotlarda kam ishtirok etdi", - dedi germaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli forvard joriy mavsum "chaykalar" safida 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol kiritdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar