Braziliya klubi futbolchilari o‘tirgan samolyot Kolumbiyada halokatga uchradi
Braziliyaning “Shapekoense” jamoasi vakillari o‘tirgan samolyot Kolumbiyaning Antokiya provintsiyasida halokatga uchradi. Samolyot bortida jami 81 nafar kishi bo‘lgan. Shulardan 72 yo‘lovchi va 9 ekipaj a’zosi bo‘lgan.
“Shapekoense” futbol klubi vakillari Janubiy Amerika kubogida ishtirok etish uchun Boliviyadan havoga ko‘tarilgan edi. Kolumbiyaning “Atletiko Nasonal” jamoasiga qarshi o‘yin 1 dekabr kuniga rejalashtirilgan edi.
Bu haqda Xose Mariya Kordova nomidagi xalqaro aeroport rasmiy tvitteri ma’lum qilgan.
Voqea joyiga etib kelgan Medelin meri Federiko Guterres halokat oqibatida tirik qolganlar ham borligini ma’lum qilgan.
#Atención | Primeras imágenes del avión siniestrado. pic.twitter.com/w8QzhfQ1Ee
— 360 Radio Colombia (@360RadioCo) 29 noyabrya 2016 g.

Fikrlar