
Braziliya klubi Neymarning kelishi haqida: Bizning jamoa tibbiyot bo‘limi emas!
Braziliyaning "Palmeyras" klubi prezidenti Leyla Pereyra klub "Al-Hilol" hujumchisi Neymarni qo‘lga kiritishi mumkinmi, degan savolga javob qaytardi.
«Neymar «Palmeyras»ga o‘tmaydi, bu klub tibbiyot bo‘limi emas. Menga zudlik bilan qo‘shiladigan va murabbiy xohlasa ertaga o‘ynay oladigan odam kerak. Bizga futbol o‘ynashga tayyor bo‘lmagan futbolchining transferi kerak emas», - dedi Leyla.
Avvalroq Neymar doimiy jarohatlar tufayli "Al-Hilol" klubi bilan shartnomasini bekor qilish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berilgandi. Boshqa manbalar bu ma’lumotni rad etdi. Futbolchining Saudiya klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar imzolangan. Neymar yaqinda og‘ir jarohatidan forig‘ bo‘ldi, biroq ko‘p o‘tmay yana jarohat oldi va taxminan olti haftaga safdan chiqdi.
Fikrlar