Braziliya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

  • 8 yanvar, 2024, 06:07
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Karlo Anchelotti "Real" bilan shartnomasini yangilaganidan keyin Braziliya terma jamoasining rejalari o‘zgarib ketdi. "Pentakampeonlar" avvalroq vaqtinchalik bosh murabbiy Fernando Dinizni o‘z lavozimidan ozod qilgan bo‘lsa, endi yangi mutaxassisni olib keldi. 

Tecno

Yakuniga etgan mavsumda "San-Paulu" klubida ishlagan Dorival Junior Braziliya bosh murabbiyiga aylandi. U bilan 2026 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolandi.  Ushbu murabbiy o‘z vaqtida Neymarga "Santos"da ustozlik qilgan. 

Dorival faoliyati davomida asosan mamlakat klublarini boshqargan. Shuningdek, 61 yoshli mutaxassis 3 marta Braziliya kubogi, bir marta Libertadores sovrinini qo‘lga kiritgan. 

Ma’lumot uchun, terma jamoani oldinda Angliya va Meksikaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari kutib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!