Braziliya va "Barselona" sobiq yulduzi Rossiya Medialigasida to‘p tepishi mumkin

  • 5 may, 17:49
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasi va "Barselona"ning sobiq futbolchisi Dani Alves Rossiyada to‘p surishi mumkin. Bu haqda "Mash" Telegram-kanali xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, mashhur braziliyalik himoyachi Medialiga klublaridan biri bilan muzokaralarga kirishgan. Tomonlar allaqachon muzokaralarning birinchi bosqichini o‘tkazgan. Navbatdagi uchrashuv 9 maydan keyin bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Dani Alves ilgari zo‘ravonlik ishi bo‘yicha qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Biroq, joriy yilning mart oyi oxirida sud uni oqlab, ozod qilingan.

Dani Alvesning so‘nggi professional klubi Meksikaning "UNAM Pumas" jamoasi bo‘lgan. U Braziliya terma jamoasi safida 126 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!