
Braziliyalik yulduz Evropadan top-klub tanlayapti
“Santos” yulduzi Markos Leonardo Evropani zabt etishga bel bog‘lagan. ESPN nashrining xabar berishicha, Portugaliyaning “Benfika” klubi hujumchi bo‘yicha Braziliya klubiga rasmiy taklif ham yubordi.
Bu ma’lumotlarni “Santos” prezidenti Marselo Teysheyra tasdiqladi.
- Men “Benfika” klubi prezidenti Ruy Koshta bilan telefonda gaplashdim. Ular Markos Leonardo transferi bo‘yicha rasmiy taklif berdi, - dedi Marselo Teysheyra.
Leonardo 2023 yili “Santos” safida 21 ta gol urib, jamoasining eng yaxshi to‘purari bo‘lganidan keyin Evropaning bir necha grand klublari nazariga tushdi.
Manbaga ko‘ra, bu futbolchi hozir “Real”, “Arsenal” va “Nyukasl” skautlari kuzatuvida turibdi. Biroq 20 yoshli futbolchi hali o‘ziga yangi jamoa tanlagani yo‘q.
Fikrlar