Bruno Petkovich: "Bankda pullaringizni saqlashdan ko‘ra, ularga to‘pni berganingiz xavfsiz"

  • 12.12.2022 16:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi Bruno Petkovich jamoasi Lionel Messini qanday to‘xtatishini aytdi.

"Bizda Messini ushlab qolish borasida aniq rejamiz yo‘q. Birgina o‘yinchini emas, butun jamoani to‘xtatishga e’tibor qaratamiz. Argentinada nafaqat Messi, balki, ularning ro‘yxatida boshqa ajoyib futbolchilar ham bor.

Mateo Kovachich, Luka Modrich va Marselo Brozovich Xorvatiya tarixidagi eng yaxshi yarim himoyachilardir. Bankda pullaringizni saqlashdan ko‘ra, ularga to‘pni berganingiz xavfsiz", - dedi 28 yoshli futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, yarim final doirasidagi Argentina - Xorvatiya uchrashuvi 13 dekabrdan 14 dekabrga o‘tar kechasi tungi soat 00:00 da start oladi. Mazkur bahsni italiyalik referi Daniele Orsato boshqarib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!