Brunu Fernandesh Amorim bilan munosabatlari haqida gapirdi

  • 17.12.2025 22:58
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandesh jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorim bilan bo‘lgan munosabatlariga to‘xtaldi.

"Biz ma’lum bir chegarani belgilab olganmiz, uni bosib o‘tmaslikka harakat qilamiz. Ammo agar qaerdadir kichik izoh berishim kerak bo‘lsa, buni boshqa futbolchilar oldida qilishga urinmayman.

Amorim ishda juda jiddiy inson, xuddi men kabi. U tobora futbolchilarning ongi va qalbiga kirishga harakat qilyapti, munosabatlar "murabbiy — o‘yinchi" emas, balki "inson — inson" shaklida bo‘lishini istaydi", — dedi Fernandesh "Canal 11"ga bergan intervyusida.

Ruben Amorim, Manager of Manchester United during the Premier League match between Manchester United and Bournemouth at Old Trafford on December 15,...

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda "Manchester Yunayted" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!