Brunu Fernandesh "Siti" darvozasiga kiritilgan bahsli gol haqida fikr bildirdi
"Manchester Yunayted" etakchisi Brunu Fernandesh derbida Ederson darvozasiga kiritgan goli haqida fikr bildirdi.
"Darvozaga qarab turgandim. Markus mening yaxshiroq holatda ekanligimni ko‘rdi va to‘xtadi. Men o‘yindan tashqari holatda emasdim. Reshford raqib himoyachilariga halal bermadi. Bu aniq",-dedi portugaliyalik yarim himoyachi.
Ma’lumot uchun, Kazemironing uzatmasidan so‘ng yaqqol ofsaydda turgan Markus Reshford avvaliga to‘p tomon yugurdi, biroq ortdan kelayotgan sherigini ko‘rib, o‘zini to‘xtatdi. Juda ko‘pchilik bu vaziyatda yon hakam bayroqchasini ko‘tarishi kerakligini iddao qilmoqda.
Bosh referi Styuart Atuell videotakrorlarni ko‘rgach, golni inobatga oldi.



Fikrlar